“AJDODLAR XOTIRASI YODIMIZDA"

“AJDODLAR XOTIRASI YODIMIZDA"

Tafsilot

Qisqacha

“AJDODLAR XOTIRASI YODIMIZDA"

Batafsil

Har bir davlatda xalqining o’tmishi va ulug’vor tarixini eslatib turuvchi tarixiy obidalar va yodgorliklar mavjud. Ushbu yodgorliklar orqali inson ma’naviy ozuqa oladi, o’z davlatining tarixidan faxrlanadi va g’urur tuyg’usini his etadi. Dunyoda inson qo’li bilan yaratilgan va necha ming yillardan beri saqlanib, o’z jozibasini yo’qotmay kelayotgan tarixiy obidalar ko’plab uchraydi. Ammo har birining alohida o’rni, nufuzi va ahamiyati bor. Tarixdan bizga ma’lumki inson zoti san’atni qadrlagan va go’zallikka intilib kelgan. Mana shu hislatlari orqali mohir qo’llari bilan aqlga sig’dirib bo’lmas darajadagi yangiliklarni yaratdi. Ular qatoridan fan yutuqlari, san’at sohasidagi ishlar va albatta me’morchilik joy oldi. Joriy yilning 15-oktabr kuni Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va boshlang'ich ta'lim fakulteti talaba-yoshlari viloyatdagi boy tarixga ega qadamjolar, muqaddas ziyoratgohlar jumladan Al-Hakim at-Termiziy yodgorlik majmuasi, “Qirq qiz” qalʼasi, Sulton Saodat majmui, Kokildor Ota Khanaka, Termiz arxeologik muzeyiga tashrif buyurishib diqqatga sazovor joylari va majmualarning meʼmoriy yodgorliklarini ziyorat qilishdi. Boshqa viloyatlardan kelib tahsil olayotgan talabalarimiz uchun bu ziyoratgoh joylarimiz haqida juda katta taassurot qoldirdi. TARIXIY OBIDALAR – MA'NAVIYATIMIZ KO'ZGUSI