PEDAGOGIKA-PSIXOLOGIYA VA BOSHLANG'ICH TA'LIM FAKULTETI

Termiz davlat universitetining Peadgogika instituti Pedagogika-psixologiya va boshlang'ich ta'lim fakulteti 2018-yildan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Fakultetning birinchi dekani sifatida pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Q.B.Qodirov faoliyat yuritmoqda

Pedagogika-psixologiya va boshlangʻich ta’lim fakulteti (avvalgi nomi – Pedagogika fakulteti) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 mart “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filialini tashkil etish to‘gʻrisida”gi 170-son qarori asosida tashkil etilgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali tarkibida ish faoliyatini boshlagan.

Fakultet faoliyatining tashkil etilishi va xodimlar toʻgʻrisida

2018 yil 5 fevraldan boshlab pedagogika fanlari nomzodi Q.B.Qodirov fakultet dekani sifatida hozirgi kungacha ishlab kelmoqda.
Fakultet dekanining o`rinbosarlari sifatida - yoshlar bilan ishlash bo‘yicha U.Oʻ.Toʻramurodov (2018 yil 5 fevraldan), o‘quv ishlari bo‘yicha A.N.Muratov (2019 yil 8 noyabrdan) faoliyat olib bormoqda.
O‘tgan vaqt davomida fakultet dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o`rinbosarlari sifatida - Z.Y.Bozorov (2018 yil fevraldan 2018 yil avgustgacha); A.A.Allamuratov (2018 yil avgustdan 2019 yil fevralgacha); T.X.Avliyaqulov (2019 yil fevraldan 2019 yil noyabrgacha) ishlagan.
Fakultetda 2018 yil fevraldan 2021 yil avgustgacha 2 ta kafedra (2018 yil fevraldan “Boshlangʻich ta’lim va aniq fanlar”, 2020 yil yanvardan “Boshlangʻich ta’lim metodikasi” hamda “Maktabgacha taʼlim metodikasi”) faoliyat koʻrsatgan.
“Boshlangʻich ta’lim va aniq fanlar” kafedrasi mudiri lavozimida 2018 yil fevraldan 2018 yil martgacha pedagogika fanlari nomzodi, professor M.E.Jumayev; 2018 yil martdan 2019 yil martgacha pedagogika fanlari doktori, dotsent G.O.Ernazarova; 2019 yil martdan 2019 yil oktyabrgacha filologiya fanlari nomzodi, dotsent B.Y.Yoriyev; 2019 yil oktyabrdan pedagogika fanlari nomzodi A.A.Raxmatullayev ishlagan.
“Maktabgacha taʼlim metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimida 2018 yil martdan 2020 yil yanvargacha pedagogika fanlari nomzodi, dotsent O.X.Qodirova; 2020 yil fevraldan 2021 yil avgustgacha geografiya fanlari nomzodi Oʻ.Sh.Yoqubov ishlagan.
2021 yil sentyabr oyidan boshlab, Pedagogika fakultetining nomi “Pedagogika-psixologiya va boshlangʻich ta’lim” fakulteti deb qayta nomlandi.
Fakultetda 2021/2022 oquv yilidan boshlab 3 ta - Pedagogika (mudiri - pedagogika fanlari nomzodi A.S.Samiyev); Psixologiya (mudiri - psixologiya fanlari nomzodi, dotsent M.A.Norbasheva) va Boshlangʻich ta’lim metodikasi (mudiri - pedagogika fanlari nomzodi A.A.Raxmatullayev) kafedralari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Fakultet bitiruvchilari va talabalari toʻgʻrisida

Fakultetning birinchi bitiruvchilari “qaldirg‘och”lari sifatida 2020/2021 oʻquv yilida 4-bosqich “boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishini 44 nafar; 4-bosqich “oʻzga tilli guruhlarda ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishini 47 nafar hamda 3-4-bosqich “maktabgacha ta’lim” ta’lim yo‘nalishini 138 nafar talaba tugatgan va “bakalavr” darajasini olgan.
Mazkur 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab, fakultetda “Pedagogika va psixologiya” va “Boshlangʻich ta’lim” ta’lim yo‘nalishlarida 828 nafar talaba tahsil olmoqda. Jumladan, “Boshlangʻich ta’lim” ta’lim yo‘nalishi 1 bosqichida rus va tojik tillarida ta’lim olayotgan 2 ta guruh talabalari ham mavjud.

Fakultetda magistraturaning yoʻlga qoʻyilishi toʻgʻrisida

Shu bilan bir qatorda fakultet kafedralariga 2021/2022 oquv yilidan boshlab 184 hafar yigit-qiz magistraturaga qabul qilinib, ularni (Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim); Pedagogika nazariyasi va tarixi; Pedagogika va psixologiya) sohalari boʻyicha tayyorlash ishlari tashkil etildi.

Fakultet pedagog xodimlari toʻgʻrisida

Bugungi kunda fakultet kafedralarida, asosiy shtatda, 23 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 4 nafari fan nomzodi, 1 nafari dotsent va 4 nafari katta o‘qituvchi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Fakultetda olib borilayotgan ma’naviy tadbirlar toʻgʻrisida

Fakultet talabalari tashabbusi bilan 2020 yilda tashkil etilgan “Mehrli qo‘llar” hayriya volontyorlar jamgʻarmasi bugungi kunda ham oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. Shu bilan birgalikda, talabalarni jalb etgan holda davlat va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan bayramlar yoki profilaktik tadbirlar doimiy ravishda oʻtkazib boriladi.

Fakultetning xalqaro aloqalari toʻgʻrisida

Fakultet 2018 yilning noyabr oyidan boshlab Rossiya Federatsiyasi Volgograd davlat ijtimoiy-pedagogik universiteti (VDIPU) bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
2019 yilning 1-4 iyun kunlari VDIPUning mas’ul vakillari muasassaga tashrif buyurishgan. Tashrif davomida hamkorlar tomonidan professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun seminar-treninglar, darslar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilgan.
2019 yilning sentyabr oyida institut va fakultet vakillari Rossiya Federatsiyasi Volgograd davlat ijtimoiy-pedagogik universitetida malaka oshirganlar hamda rossiyalik talabalar uchun seminar-trening oʻtkazganlar.
Hozirgi kunda barcha hamkorlik ishlari masofaviy tarzda olib borilmoqda.

Fakultetda olib borilayotgan ilmiy jarayondagi yutuqlar toʻgʻrisida

Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan 2018-2021 yillarda “Scopus”, “ScienceDirect”, “Web of Science” ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallarida 5 ta, impakt-faktori yuqori bo‘lgan xalqaro jurnallarda 39 ta maqola e’lon qilingan.
“Xirsh” indeksi (h-indeks) 3 va undan yuqori bo‘lgan fakultet professor-o‘qituvchilarining soni 2018-2021 yillarda 2 nafarni tashkil etdi.
Fakultet pedagog xodimlaridan 1 nafari 2019 yilda doktorlik dissertatsiyasi (DSc) yoqlagan.

Qodirov Qutlug'-Bek Bekmurodovich

Pedagogika fanlari nomzodi (PhD)

+998977654516

TerDU Pedagogika instituti

Elektron xujjat
tizimiga xush kelibsiz!