"YANGI O'ZBEKISTONDA ERKIN VA FAROVON YASHAYLIK"

"YANGI O'ZBEKISTONDA ERKIN VA FAROVON YASHAYLIK"

Tafsilot

Qisqacha

"YANGI O'ZBEKISTONDA ERKIN VA FAROVON YASHAYLIK"

Batafsil

Joriy yilning 9-sentabr kuni, Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va boshlang'ich talim fakultetida mustaqillik darslari doirasida “Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” mavzusida "Mustaqillik darsi" tashkil etildi. Ushbu darsni institut direktori, tarix fanlari doktori, professor – Eshbolta Atamuratovich Qabulov hamda fakultet dekani pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Qutlug`bek Bekmuradovich Qodirovlar o'tib, yangi 2021-2022 o'quv yilida talabalikka tavsiya etilgan 1-bosqich talabalariga bugungi kunda Yangi O‘zbekistondagi ta’lim tizimi, yangiliklari, yoshlarga berilayotgan e’tibor va o’zgarishlar haqida axborotlar berib o'tdilar. Talabalalik baxtiga erishgan talabalarni tabriklab, maqsadlari yo'lida ulkan marralarni zabt etishlarini tiladi. Mustaqillik darsi davomida institut tarixi va bugungi faoliyati haqida videorolik namoyish etilib, respublikamizning istiqlol yillarida qo‘lga kiritgan yutuqlari, mustaqillik bergan imkoniyatlarning ahamiyati hamda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy sohada erishilgan yutuqlar xususida so‘z yurutildi. Shundan so‘ng, talabalarga ta’lim muassasining ichki-tartib qoidalari va talabalik vazifalari hamda burchlari tushuntirildi. Dars yakunida muassasa rahbari yoshlarga bugungi zamon talablariga javob beradigan yuksak bilimli va mahoratli mutaxassis kadrlar bo‘lish yo‘lidagi initilishlari va izlanishlarida kuch-quvvat va shijoat tiladilar! Talabalikka tavsiya etilgan 1-bosqich talabalar o'zgacha hayajon va tuyg'ular ila ilk bora talabalik nashidasini his eta boshlashdi. “Mustaqillik darsi” va uchrashuv ko‘tarinki kayfiyatda va samimiy ruhda bo`lib o'tdi.

Mavzuga oid