HASHAR - ELGA YARASHAR

HASHAR - ELGA YARASHAR

Tafsilot

Qisqacha

HASHAR - ELGA YARASHAR

Batafsil

Ma’lumki xalqimiz ma’naviyatida, qadryatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Kun sayin yaqinlashayotgan ulug’ ayyom – Mustaqilligimizning 30-yilligi arafasida tashkil qilingan umumxalq hashari butun Respublikamiz bo‘ylab uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Termiz davlat universitetining Pedagogika institutida ham 21-avgust kuni «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik» shiori ostida umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari sifatli tashkil etildi. Albatta, bu kabi xayriya tadbirlari barchani yagona maqsad yo‘lida birlashtirish barobarida, yoshlar qalbida mehnatsevarlik tuyg‘usini shakllantirishi bilan ahamiyatlidir.