TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI YANGI 2021-2022 O‘QUV YILI TAYYORGARLIK HOLATI O’RGANILDI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI YANGI 2021-2022 O‘QUV YILI TAYYORGARLIK HOLATI O’RGANILDI

Tafsilot

Qisqacha

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI YANGI 2021-2022 O‘QUV YILI TAYYORGARLIK HOLATI O’RGANILDI

Batafsil

Ayni kunlari Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ishchi guruhlari tomonidan respublikamizning barcha hududlaridagi taʼlim muassasalarining yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganilmoqda. Xususan, joriy yilning 19-20-avgust kuni Taʼlim inspeksiyasi Surxondaryo viloyati hududiy boʻlimi vakillari tomonidan Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyati oʻrganildi. Oʻrganishlar jarayonida muassasalarda taʼlim sifatini oshirish hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarga eʼtibor qaratildi. Shu bilan birgalikda, taʼlim tashkilotlarini attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkazish hamda 2021-2022 yangi oʻquv yiliga ishlab chiqilgan oʻquv rejasi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Oʻrganishlar yakunida taʼlim muassasalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda taʼlim sifati koʻrsatkichlarini oshirish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mavzuga oid