BIR ZIYOLI - BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY

BIR ZIYOLI - BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY

Tafsilot

Qisqacha

BIR ZIYOLI - BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY

Batafsil

2021 yil 12 iyun kuni "Bir ziyoli - bir mahallaga ma’naviy homiy" ta’moyili asosida Termiz shahridagi "Amu sohillari" MFYga biriktirilgan "Tabiiy fanlar" kafedrasi o‘qituvchilari Ro‘ziyeva Gulsara, Mulladjanov Umid, Amirqulov Jaloliddin, Buzrukov To‘lqinlar mahalladagi umumiy ma’naviy muhit bilan yaqindan tanishdilar. "Amu sohillari" MFY faollari, mahalla raisi va kotibi bilan mahalladagi uyushmagan yoshlar bilan Pedagogika institutimiz sport zalida hamda kafedradagi tashkil etilgan fan to‘garaklariga ishtiroki to‘g‘ri tashkil etilganligi to‘g‘risida ham suhbatlashildi. Mahallada jami aholi soni: 3856 nafar, shundan erkaklar: 1827 nafar, ayollar: 2029 nafarni tashkil etmoqda. Voyaga yetmaganlar 338 nafarni, yoshlar: 410 nafarni, yakka yolg‘iz keksalar: 13 nafarni, nogironlar: 60 nafarni, pensionerlar: 320 nafarni tashkil etadi. Oilalar soni: 990 ta, shundan boquvchisini yo‘qotgan oilalar sonni 23 ta, mehnatga layoqatli band bo‘lgan aholi soni: 85 ta. "Temir daftar"ga ro‘yxatga olinganlar: 31 nafar, "Yoshlar daftari" ga ro‘yxatga olinganlar: 113 nafar, "Ayollar daftari"ga ro‘yxatga olinganlar: 129 nafar.

Mavzuga oid