VATAN TAQDIRI-MENING TAQDIRIMDA

VATAN TAQDIRI-MENING TAQDIRIMDA

Tafsilot

Qisqacha

VATAN TAQDIRI-MENING TAQDIRIMDA

Batafsil

Termiz Davlat Universitetining Pedagogika institutida “Vatan taqdiri-mening taqdirimda” mavzusida yoshlar o‘rtasida seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda viloyat prokuraturasi ijtimoiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi prokurori A.Abdiroziqov, viloyat IIB kadrlar boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.Qurbonaliyev, viloyat adliya boshqarmasi xodimi Q.Ulug‘ov, viloyat Yoshlar ittifoqi kengashi bo‘lim boshlig‘i Sh.Valiyevlar ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi. Tadbirda mamlakatimizda Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan Yoshlar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun mohiyati bilan yoshlarni tanishtirish va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, huquqbuzarlik holatlarining oldini olish, mehnat qonunchiliga oid va boshqa yangiliklar haqida ma’ruzalar qilindi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javoblar olishdi. Tadbirda faol ishtirok etgan yoshlar viloyat Yoshlar ittifoqining esdalik sovg‘alari kitoblar bilan taqdirlandilar.