BESH TASHABBUS BESH IMKON

BESH TASHABBUS BESH IMKON

Tafsilot

Qisqacha

BESH TASHABBUS BESH IMKON

Batafsil

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari, kitob oʼqishga qiziqishini oshirish boʼyicha 5 ta muhim tashabbusini amalga oshirish, talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida joriy yilning 26 may kuni Termiz davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim 302-guruh talabalari hamda Termiz shahridagi 16-son maktabi “Ko’zmunchoq bolalar musiqa va raqs” jamoasi bilan hamkorlikda “Besh tashabbus – besh imkon” mavzusida madaniy ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Ma‘lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san‘atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste‘dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar o‘rtasida kompьyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. To‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta‘minlash masalalarini nazarda tutadi. Bayram tadbirini Institut direktori E.Qabulov kirish so’zi bilan ochib berdi. Institutda besh muhim tashabbus boʼyicha tashkil etilgan tadbir aʼzolarining chiqishlari institut direktori tomonidan e'tirof etildi.