25 MAY SO’NGGI QO’NG’IROQ

25 MAY SO’NGGI QO’NG’IROQ

Tafsilot

Qisqacha

25 MAY SO’NGGI QO’NG’IROQ

Batafsil

Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti professor-o`qituvchilari “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida o’ziga biriktirilgan Termiz shahar Guliston, Yulduz, Amu sohillari, Namuna mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan, 1, 15, 17 hamda 25-sonli umumta’lim maktablarida So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarida ishtirok etib, Prezidentimizning bitiruvchilarga yo’llagan tabrigi o’chib eshittirdi, ularga yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko’lamli va chuqur islohotlarning mazmun-mohiyati, yoshlarning bilim olishlari va mehnat qilishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berishdi. Tadbir davomida bitiruvchilarga oq yo‘l va kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilashdi. Har bir jamiyatning, unda yashaydigan insonlarning taqdiri va kelajagi albatta davlatlarning yetakchi kuchlari hisoblanmish yoshlar tarbiyasi bilan chambarchas bogʻliqdir. Zero, yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – porloq kelajak poydevori.

Mavzuga oid