BIR ZIYOLI BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY

BIR ZIYOLI BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY

Tafsilot

Qisqacha

BIR ZIYOLI BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY

Batafsil

Barchamizga sir emaski bugungi kunda ma’naviy-ma’rifiy ishlar mamlakatimizda siyosat darajasiga ko‘tarilgani, zero Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir” degan edilar. Bu esa yangi O‘zbekistonni barpo etishda ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyatga tayanishimiz kerak ekanligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, davlatimiz rahbari, 2021-yilning 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida jamiyatda loqaydlik va beparvolik eng katta xavf ekanini, bugun uchrayotgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish uchun professor-o‘qituvchilar, taniqli ziyolilar hamda jamoatchilik nazorati yetishmayotganini ta’kidladilar. Videoselektorda ko‘rib o‘tilgan masallalarga amaliy yondashgan holda, Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti direktori, tarix fanlari doktori E.Qobilov boshchiligida ishchi guruh “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida Termiz shahar Saxovat va Turon mahalla fuqarolar yig’inlariga tashrif buyurib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kirgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, nogironligi mavjud fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurdi, ularning muammolari atroflicha o’rganildi hamda mahalladagi obodonlashtirish ishlariga ko’maklashildi. Mahalla raislari bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan, repetitor uchun moddiy imkoniyati cheklangan yoshlar uchun institutda tashkil qilingan bepul matematika, ingliz tili, biologiya hamda kompyuter savodxonligi to’garaklariga jalb etildi.

Mavzuga oid