VOLEYBOL TURI BO‘YICHA “DIREKTOR KUBOGI” MUSOBAQASI

VOLEYBOL TURI BO‘YICHA “DIREKTOR KUBOGI” MUSOBAQASI

Tafsilot

Qisqacha

VOLEYBOL TURI BO‘YICHA “DIREKTOR KUBOGI” MUSOBAQASI

Batafsil

Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti direktori E.Qabulov tashabbusi bilan instiut sport zalida Termiz shahridagi 10 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi uyushmagan yoshlar o’rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqalar o‘tkazildi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida hamda institutimizda o‘tkazilayotgan “Sport oyligi” munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur musobaqada uyushmagan yoshlar katta qiziqish va faollik bilan ishtirok etdilar. Eng asosiysi esa, yoshlar sport bilan oshno bo‘lib jismoniy chiniqishlari bilan birga bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazdilar. “Sport oyligi” munosabati bilan institutimiz professor-o’qituvchilari hamda ishchi xodimlari o’rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu musobaqada barcha o‘yinlar shiddatli va murosasiz vaziyatlarga boy bo‘ldi. Yakunda Ayollar jamoasidan “Pedagoglar” hamda erkaklar jamoasidan “Ziyo” jamoalari 1-o‘rinni egalladilar. G’olib bo’lgan jamoalarga kasaba uyushmasi, Ma'naviyat bo'limi hamda yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti hamkorligida direktor sovg’alari topshirildi

Mavzuga oid