BIR ZIYOLI BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY

BIR ZIYOLI BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY

Tafsilot

Qisqacha

BIR ZIYOLI BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY

Batafsil

Inson hayotining asl maqsadi odamlarga xizmat qilish, ularning hayotida ishtirok etish va yordam berishga tayyor bo‘lishdir. (A.Shvayster) – Zero qilingan har bir yaxshi amal yerda qolmaydi. Joriy yilning 18-19 may kunlari Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti kafedra mudir(a)lari hamda professor-o‘qituvchilari "Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy" tamoiyli doirasida Termiz shahri va Termiz tumanidagi biriktirilgan mahallalarga navbatdagi tashrifni uyushtirishdi. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri A.Rahmatullaev, professor-o‘qituvchilar K.Artiqova, Sh.Xazratqulova tumandagi "Kokildor ota", "Nurli diyor" MFYda, Maktabgacha ta’lim kafedrasi mudirasi M.Mamatmo‘minova, professor-o‘qituvchilar Z.Hasanova, L.O‘tasheva shahardagi "Temir yo‘lchi", "Tinchlik" MFYda, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudirasi X.Bazarova, professor-o‘qituvchi T.Abzoirov shahardagi "Baynalminal", "Farhod" MFYda bo‘lishdi. Tashrif davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va mas’ul shaxslar ishtirokida mahallalardagi ma’naviy holat, tashriflar davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi olindi. Yoshlar bilan o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazildi, davra suhbatlari tashkillashtirildi. Kelgusidagi ishlar rejasi bo‘yicha navbatdagi tashriflar bo‘yicha kelishib olindi. Zamonaviy hayot, ma’naviy taraqqiyot orqali kelajakni birgalikda quramiz!

Mavzuga oid