BIR ZIYOLI BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY

BIR ZIYOLI BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY

Tafsilot

Qisqacha

BIR ZIYOLI BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY

Batafsil

Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Tabiiy va aniq fanlar fakulteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi bilan hamkorlikda “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida “Mahallabay” ishlash tizimini yo’lga qo’yish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish maqsadida Termiz shahar Guliston, Yulduz, Amu sohillari, Namuna mahallala fuqarolar yig’inlariga tashrif buyurishdi. Mahallalardagi uyushmagan yoshlar bilan suhbat tashkil etilib, ularga mamlakatimizda bo’layotgan islohotlar, “Yoshlar daftari”ga kirilganlar uchun Prezidentimiz tomonidan 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoniga muvofiq joriy etilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar beruvchi bukletlar taqdim etildi. Tashrif davomida sportning shaxmat-shashka turi bo’yicha uyushmagan yoshlar o’rtasida musobaqa tashkil etilib, g’olib va sovrindorlarga estalik sovg’alar taqdim etildi. Fakultet tomonidan oliy o’quv yurtiga kirish istagini bildirgan uyushmagan yoshlar uchun bepul haftaning toq kunlari “Matematika” fanidan, juft kunlari “Kompyuter savodxonligi” to’garaklari tashkil etilgan. Mahalla yoshlari uchun sportning volleybol va stol tennis turidan to’garaklar hamda turli sport musobaqalari tashkil qilinib kelmoqda. Har bir jamiyatning, unda yashaydigan insonlarning taqdiri va kelajagi albatta davlatlarning yetakchi kuchlari hisoblanmish yoshlar tarbiyasi bilan chambarchas bogʻliqdir. Zero, yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – porloq kelajak poydevori.

Mavzuga oid