"TARIX DAVRIY SHE’R BO‘LIB, U INSONNING XOTIRALARIGA YOZILGAN"

"TARIX DAVRIY SHE’R BO‘LIB, U INSONNING XOTIRALARIGA YOZILGAN"

Tafsilot

Qisqacha

"TARIX DAVRIY SHE’R BO‘LIB, U INSONNING XOTIRALARIGA YOZILGAN"

Batafsil

9 may Xotira va qadrlash kuni, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan tarixda o‘z jasorati bilan mardlik ko‘rsatgan urush qatnashchilari, fahriylar holidan xabar olish, ularni yo‘qlash, dildan suhbat asnosida ma’naviy ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda bir qator faol yoshlar ishtirokida tashriflar uyushtirib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning 8 may kuni Termiz shahri Gulira’no mahallasida istiqomat qiluvchi Sherali bobo Haydarov xonadoniga professor-o‘qituvchilar Q.Qodirov, A.Rahmatullaev, U.Turamuratov, Sh.Xazratqulova va faol talaba-yoshlar ishtirokida tashrif uyushtirildi. Tashrif davomida Sherali bobo holidan xabar olindi, dildan suhbat qilindi. Suxbat davomida bobo, urush yillaridagi ijtimoiy holat, urushning ayanchli voqealari haqida so‘zlab berib, hozirgi dorilamon davr, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, tinch va osuda o‘tayotgan har bir kunimizga shukronalar aytish lozimligi haqida so‘zlab, duo qildilar. Tashkilotchilar tomonidan suhbat asnosida ma’naviy ko‘mak va bobo xonadoniga esdalik sovg‘alari topshirildi. Ma’lumot o‘rnida: Ikkinchi jaxon urushiga O‘zbekistondan 1 433 230 nafar, Surxondaryo viloyatidan 53 365 nafar yigit jo‘natilgan bulib, surxondaryolik yigitlarning 11 000 nafardan ortig‘i jang maydonida mardlarcha halok bo‘lgan. Hozirgi kunda viloyatda 27 nafar Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilari va 1 895 nafar front orti mehnat faxriylari yashab istiqomat qilishmoqda.