INSON AZIZ, XOTIRASI MUQADDAS!

INSON AZIZ, XOTIRASI MUQADDAS!

Tafsilot

Qisqacha

INSON AZIZ, XOTIRASI MUQADDAS!

Batafsil

Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti faollar zalida 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlangan Inson aziz, xotirasi muqaddas! mavzusida tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirni institut direktori Eshbolta Atamuradovich Qobulov kirish so`zi bilan ochib berdi. Inson qadri ulug‘langan, xotirasi sarbaland yurtda yashaymiz. Bugunimiz kechagi kundan yorug‘, ertamiz yanada fayzli, barakotli bo‘lishiga ishonchimiz komil. Navqiron avlod e’zozda, e’tiborda, yoshi ulug‘lar ehtiromda. Xalqimiz ozod, yurtimiz obod. Shunday aziz Vatanda yashamoqlik, uning buyuk kelajagi yo‘lida mehnat qilmoqlik beqiyos baxt. 9 mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi. II jahon urushida O‘zbekistonimizdan 1 million 433 ming 230 nafar odam ishtirok etdi. 604 ming 52 nafar hamyurtimiz urush maydonlaridan nogiron bo‘lib qaytdi, 450 mingdan ortiq vatandoshimiz esa qonli janglarda halok bo‘ldi. Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg'usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko'taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag'ishlaydi. Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o'z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni ezozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag'rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. Tadbirda talabalar vatanimizni himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan, bugungidek tinch va osuda hayotni bizga yaratib bergan millat qaxramonlariga nisbatan chin dildan minnatdorchilik hissini tuydilar. Zero xalqimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, muruvvat va himmat, keksalarni ardoqlash, ko‘makka muhtojlarning hurmatini joyiga qo‘yish qon-qonimizga singib ketgan fazilatlardir. Shuningdek tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko`rinishlar, sherlar, kuy va qo`shiqlar ijro e`tildi.