"INSON AZIZ-XOTIRA BARHAYOT"

"INSON AZIZ-XOTIRA BARHAYOT"

Tafsilot

Qisqacha

"INSON AZIZ-XOTIRA BARHAYOT"

Batafsil

Termiz davlat universitetining Pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5081-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 9 may- Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan "Inson aziz-xotira barhayot" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat Tarix va madaniyat muzeyi xodimlari va Vatanimiz sarhadlarini 2000 yil Sariosiyo va Uzun tumanining tog‘li hududlarida terroristlardan tozalashda ishtirok etgan veteran harbiylar va baynalmilalchi jangchilar ishtirok etib Ikkinchi jahon urushida xalqimiz, ajdodlarimizning frontda va front ortida ko‘rsatgan jasorati haqida ma’lumotlar va mustaqillik yillarida yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlab qolish uchun o‘z jonlarini fido qilgan mard o‘g‘lonlar haqida xotiralarni so‘zlab berdilar. Ikkinchi jahon urushi haqidagi va Vatanimiz sarhadlarini 2000 yil Sariosiyo va Uzun tumanining tog‘li hududlarida terroristlardan tozalashda ishtirok etgan harbiylar jasorati haqidagi videoroliklar namoyish etildi. Harbiylar tomonidan Vatanparvarlikni, inson xotirasini madh etuvchi jangovor qo‘shiqlar kuylandi. Ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib munosib o‘rinlarni egallagan talabalarimizga Diplomlar va Faxriy Yorliqlar hurmatli mehmonlar tomonidan topshirildi.