MEHR-MURUVVAT VA SAXOVAT INSONNI ULUG‘LAYDI

MEHR-MURUVVAT VA SAXOVAT INSONNI ULUG‘LAYDI

Tafsilot

Qisqacha

MEHR-MURUVVAT VA SAXOVAT INSONNI ULUG‘LAYDI

Batafsil

Darhaqiqat bugun oramizda ana shunday so`zlarni faxr ila ayta oladigan darajadagi shogirdlarimiz bisyor. “Mehrli qo`llar” talabalar jamoasining navbatdagi xayrli ishi viloyatimizdagi bir necha mahallalarda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan , boquvchisini yo`qotgan oilalarga mehr-saxovat ulashishdan iborat savobli ishlarni amalga oshirishdir. Xayr va saxovat insonni ulug'lab, har ikki dunyoda ham ajru savobga sazovor etishi haqida allomalarimiz ta'kidlab o'tgan. Islom dinida ham mo'minning eng ulug' sifatlaridan biri xayr va saxovat ekaniga ishora qilinadi. Etim-esir, beva-bechora, nogironlar, musofirlarga muruvvat ko'rsatish, sidqidildan beg'araz yordam berish kabi fazilatlar qon-qonimizga singib ketgan. Ulamolar aytganidek, aqlning qadri odob bilan oshadi, boylik qadri – saxovat bilan. Saxiylik ezgulikni yuksaltiruvchi, demakki, do'stlarning ko'payishiga imkon yaratuvchi xususiyat bo'lib, inson uchun saxovatdan yaxshiroq va azizroq yoqimli sifat yo'q. Shu o`rinda mana shunday ezgu amallarni sidqidildan bajarishga qodir talabalar safi yanada kengayadi va boshlagan xayrli ishlarimiz bardavom bo`ladi degan umiddamiz.