"MURUVVAT" INTERNAT UYIDA PEDAGOGLAR BILAN UCHRASHUV

"MURUVVAT" INTERNAT UYIDA PEDAGOGLAR BILAN UCHRASHUV

Tafsilot

Qisqacha

"MURUVVAT" INTERNAT UYIDA PEDAGOGLAR BILAN UCHRASHUV

Batafsil

Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti "Boshlang‘ich ta'lim metodikasi" kafedrasi mudiri A.Rahmatullayev hamda professor-o‘qituvchilari M.Haydarova, Sh.Xazratkulova, D.Azimovalar Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun "Muruvvat" internat uyida ikki avlod uchrashuvlarini tashkil etish, ular bilan turli madaniy-ma'rifiy tadbirlarni o‘tkazish maqsadida joriy yilning 1-may kuni tashrif buyurdilar. "Muruvvat" internat uyida pedagoglar bilan uchrashuv tashkil qilindi. Professor-o‘qituvchilar o‘zlarining metodik tavsiyalarini berib o‘tdilar. "Muruvvat" uyining kutubxonasiga bolalar uchun turli badiiy kitoblar topshirildi. Professor-o‘qituvchilarimiz "Muruvvat" uyining pedagog xodimlari bilan kelajakda olib boriladigan istiqbol rejalar tuzib oldilar.

Mavzuga oid