«BIR ZIYOLI – BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY» TAMOYILI QADIM SHEROBODDA

«BIR ZIYOLI – BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY» TAMOYILI QADIM SHEROBODDA

Tafsilot

Qisqacha

«BIR ZIYOLI – BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY» TAMOYILI QADIM SHEROBODDA

Batafsil

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi mahallalarga Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Pedagogika fakultetining professor-o‘qituvchilari «Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy» tamoyili asosida biriktirilgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatimizdagi har bir mahallaga «Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy» tamoyili asosida professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilarni biriktirish orqali ma’naviy homiy etib belgilash g‘oyasini ilgari surgan edi. Yuqoridagi vazifalar ijrosi doirasida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Pedagogika fakultetining professor-o‘qituvchilari ham o‘zlariga biriktirilgan mahallalarda bo‘lib, uyushmagan yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, shuningdek «Besh tashabbus» doirosida sport musobaqalari tashkil etildi. Xususan, joriy yilning 1-2 may kunlari Sherobod tuman «Qizil olma», «Qorabog‘», «Zarabog‘» mahallalariga tashrif buyurildi. Tashrif davomida, professor-o‘qituvchilar U.Sharipov, A.Allamuratov, U.Turamuratov tomonidan, mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda mahallalardagi ma’naviy muhit o‘rganildi. Uyushmagan yoshlar bilan davra suhbati tashkil etilib, mamlakatimizda bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar bilan, Prezidentimizning Oliy majlisga murojaatnomasida, shuningdek «Yoshlar forumi»da ilgari surilgan g‘oyalar, yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida axborotlar berib o‘tildi. Yoshlarni ma’nan qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, tushuntirish ishlari olib borildi. «Besh muhim tashabbus amalda» shiori ostida mahalladagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida, shuningdek mahalladagi faol insonlar o‘rtasida sportning voleybol, shaxmat, shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. G‘oliblar maxsus diplomlar va esdalik sovg‘alari, badiiy kitoblar bilan rag‘batlantirildi. Biriktirilgan mahallalarga professor-o‘qituvchilar, ziyolilarning ma’naviy homiy etib belgilangani uyushmagan yoshlar ma’naviyatini oshirib, ularni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga cheksiz hurmat ruhida ulg‘aytirishga xizmat qilishi shubhasizdir.

Mavzuga oid