2016-2017 o‘quv yilining II yarmida o‘quv rejaga asosan matematika o‘qitish metodikasi bakalavriat yo‘nalishi talabalarning malakaviy pedagogik amaliyot oldi konferensiyasi o‘tkazildi

2017 yil 9 fevral kuni Matematika o‘qitish metodikasi bakalavriat yo‘nalishi talabalarning malakaviy pedagogik amaliyot oldi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Statistics

Briefly

2017 yil 9 fevral kuni Matematika o‘qitish metodikasi bakalavriat yo‘nalishi talabalarning malakaviy pedagogik amaliyot oldi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Event details

Konferensiyada malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etishning holati haqida ko‘rsatmalar berildi. Konferensiyaga fizika-matematika fakulteti dekani G‘.Djabborov, matematika o‘qitish metodikasi kafedrasidan mudir D.Davletov, pedagogik amaliyotga mas’ul J.Saparboev, metodistlardan I.Raxmonov, M.Mamatkulovalar; Pedagogik amaliyot bulimi boshligi N.Nurmatova; pedagogika kafedrasidan Kaldibekova A., Abdullaeva O‘., Mirzaeva F.; gigiena bo‘yicha Dilfuzalar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishdi. Konferensiyada talabalarga malakaviy pedagogik amaliyotning borishi, amaliyot jarayonida bajariladigan ishlar, tayyorlanadigan xujjatlar, malakaviy amaliyot dasturida belgilangan barcha topshiriqlar batafsil tushuntirildi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga qisqa, aniq, to‘liq javoblar berildi. Konferensiya yakunida talabalarda mavjud barcha muammolar va savollar o‘z yechimini topdi. Konferensiya mazmunli o‘tdi va hammaga ma’qul bo‘ldi. Kafedra mudiri D.Davletov

Similar news